AsosiyJamiyat

Koronavirus Chevrolet Equinox avtomobilining o`z vaqtida etkazib berilishiga ta`sir qiladi

'Koronavirus Chevrolet Equinox avtomobilining o`z vaqtida etkazib berilishiga ta`sir qiladi'ning rasmi

Bugungi kunda avj olayotgan koronavirus sababli ko`pgina avtomobil ishlab chiqaruvchilarda Xitoyda ishlab chiqariladigan ehtiyot qismlarni etkazib berilishida muammo yuzaga kelgani sababli o`z zavodlarida ishlab chiqarishni vaqtincha to`xtatib qo`yishdi. Bu haqda UzAuto Motors kompaniyasining Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xabar berdi.

Ushbu favqulodda vaziyat tufayli, Chevrolet Equinox avtomobilining etkazib berilishi ham mintaqadagi epidemiya bilan bog`liq vaziyat o`zgarmagunga qadar kechiktirilishi mumkin.

Chevrolet Equinox avtomobilini sotib olish uchun shartnoma pulini to`lagan va avtomobil etkazib berilishi qayta tiklanishini kutishni istamagan mijozlar belgilangan tartibda to`langan summani qaytarib olishlari mumkin. Shuningdek, UzAuto Motors dilerlik markazlaridan boshqa har qanday avtomobilni sotib olish uchun shartnomani almashtirishlari mumkin bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Chevrolet Equinox avtomobili uchun shartnomalar 2019 yilning 27 dekabridan e`tiboran kuni UzAuto Motors kompaniyasining O`zbekistondagi barcha dilerlik do`konlarida boshlangan.

Kompaniya yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`raydi va mijozlarning tushunishidan umidvor. Mazkur avtomobilni etkazib berishni qayta tiklanishi to`g`risida kompaniyaning rasmiy manbalarida xabar beriladi. 

Yangiliklarimizni kuzatib boring!

 

    Boshqa yangiliklar