2019 yilning 23 oktyabr kuni taxminan soat 10:30 larda voyaga etmagan 17 yoshli D.H. Urgut shahri “Mergancha” mahallasi hududidagi avtoturargohda fuqaro F.N.ga tegishli oq rangli “Nexia-3” rusumli avtomashinasi qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, avtomashinani o`t oldirish joyida qoldirilgan kalit yordamida yurg`izib, transport vositasini olib qochgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 2019 yilning 24 oktyabr kuni voyaga etmagan Dilmurod H. Kattaqo`rg`on shahridagi dehqon bozori oldida avtomashinani boshqarib borayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va dastlabki tergov jaryonida Dilmurod H. avval ham xuddi shunday jinoyatni sodir etgani uchun sudlanganligi aniqlanib, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “a” bandi (xavfli residivist tomonidan transport vositasini olib qochish) bilan ayblov e`lon qilingan hamda “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Tergov yakuniga ko`ra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudlov muhokamasiga yuborilgan.
Jinoyat ishlari buyicha Urgut tuman sudining hukmiga ko`ra, fuqaro Dilmurod H. aybdor deb topilib, unga 5 (besh) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.






