AsosiyJamiyat

Ikki kun davomida O`zbekistonga kirib kelganlar fuqarolarning tibbiy tekshiruv natijalari ma`lum qilindi

'Ikki kun davomida O`zbekistonga kirib kelganlar fuqarolarning tibbiy tekshiruv natijalari ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 2020 yilning 5 fevral kuni olingan rasmiy ma`lumotlarga ko`ra Xitoy Xalq Respublikasida jami 24363 nafardan ortiq fuqarolar kasallanib, kunlik o`sish 19 foizni (3892 nafar) tashkil etmoqda. 491 nafar fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan.

Joriy yilning 4 fevral kuni Agentlikning virusologiya laboratoriyasiga 71 nafar fuqarodan koronavirus infeksiyasi laboratoriya tahlili uchun namunalar keltirildi. Ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmadi.

I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 4 fevral kuni xorijiy davlatlardan 29 ta samolyot qabul qilingan, 3924 nafar fuqarolar sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o`tkazildi.

Temir yo`llari AJ markaziy Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan 5 ta poezdda jami  892 nafar fuqarolar o`tishgan, shulardan 89 nafari xorij fuqarolari tashkil etadi. Tana harorati ko`tarilgan fuqarolar aniqlanmagan.

Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 1606 ta avtotransportlar, 29263 nafar fuqarolar o`tkazilgan, shulardan 14495 nafari chet el fuqarolari hisoblanadi.

Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahridan joriy yilning 4-fevral kuni charter reys bilan 250 nafar va 5 fevral kuni Uxan shaxridan 84 nafar fuqarolarimiz olib kelindi va maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi. Kelgan fuqarolar malakali shifokorlar tomonidan to`liq tekshirildi va koronavirus infeksiyasiga laborator tekshiruvdan o`tkazildi.

Fuqarolar uchun shifoxonada barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Jumladan, o`rin-joylar, oziq-ovqatlar, zarur dori-darmonlar, diagnostika, dezinfeksiya va shaxsiy himoya vositalari bilan ta`minlangan.

Fuqarolarning barchasi Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko`ra  14 kun davomida (kasallikning yashirin davri davomida) laboratoriya va tibbiy tekshiruvlardan o`tkaziladi. Mazkur tadbirlarga Sog`liqni saqlash vazirligidan sohaning etkachi mutaxassislari jalb etilgan, ular tegishli tartibda kasbiy tayyorgarlikdan o`tkazilgan. 

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi joriy yilning 5 fevral holatiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi umuman qayd etilmagan.

Mamalakatimiz aholisi o`rtasida koronavirus infeksiyasi bo`yicha epidemiologik barqarorlikni ta`minlashga yo`naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Bu kasallikni Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligikoronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi xabarida. 

    Boshqa yangiliklar