AsosiyJamiyat

O`zbekistonning 25 startap kompaniyasi vakillari “Skolkovo”da malaka oshirmoqda

'O`zbekistonning 25 startap kompaniyasi vakillari “Skolkovo”da malaka oshirmoqda'ning rasmi

O`zbekistonning 25 ta startap kompaniyalari vakillari “Skolkovo” innovasion markazida malaka oshirmoqda. Ushbu safar O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi hamda Rossiya Federasiyasi Yangi texnologiyalarni joriy etish va tijoratlashtirish markazini rivojlantirish notijorat jamg`armasi imzolangan bitimga asosan “Softlending” dasturi doirasida tashkil etildi. Bu haqda "Darakchi"ga Innovasiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Skolkovo” Innovasiya markazi tomonidan yiliga uch marta – aprel, iyun, oktyabr oylarida mutaxassislar malaka oshirishga yuboriladi. Ishtirokchilar ilg`or mamlakatlarning innovasion tuzilmasi, bozor salohiyati, “Skolkovo” innovasiya markazining sheriklari, xorijiy yuqori texnologik kompaniyalar faoliyati bilan tanishadilar. Dastur davomida tegishli soha mentorlari, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar va “Skolkovo” mutaxassislaridan innovasion tadbirkorlik qoidalari va yuridik shaxs tashkil etish bosqichida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan xatarlarni qanday kamaytirish kerakligi haqida batafsil ma`lumot oladilar.  

Dastur ishtirokchilariga “Skolkovo“ texnoparki kovorking markazidan bepul foydalanish uchun ish o`rni ajratiladi va milliy mahsulotlarni yangi bozorga olib chiqish uchun “Skolkovo” texnoparki rezidenti bo`lish uchun imkoniyat yaratiladi. 

Bir hafta davom etadigan o`quv dasturi davomida startapchilarimiz olgan bilim, malaka va ko`nikmalaridan o`z bizneslarini rivojlantirishda foydalanishlari kutilmoqda. Bunda startaplar uchun xos bo`lgan xatarlarni kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqa yangiliklar