AsosiyJamiyat

Hokimlar endi paxta bilan shug`ullanmaydi

'Hokimlar endi paxta bilan shug`ullanmaydi'ning rasmi

2020 yildan O`zbekistonda paxtaga davlat buyurtmasi bekor qilinadi va hokimlar endi paxta bilan shug`ullanmaydi. Kun.uz nashrining xabar berishicha, bu haqda Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xo`jaev «Islohotlarni qo`llab-quvvatlashda munosib mehnat» nomi ostidagi davra suhbati chog`ida ma`lum qilgan.

O`zbekiston 2020 yildan paxtaga davlat xaridini bekor qiladi. Vazirning ma`lum qilishicha, davlat rahbari 4 fevral kuni o`tkazilgan qishloq xo`jaligida klasterlar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari bo`yicha yig`ilishda shunday topshiriq bergan.

Eslatib o`tamiz, yanvar oyida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga murojaatida O`zbekistonda paxta va g`alla uchun davlat buyurtmasini bekor qilish rejalashtirilayotgani haqida gapirgandi.

Boshqa yangiliklar