AsosiyJamiyat

Boysun savdo kompleksida yong`in: 50 dan ortiq savdo nuqtalari jiddiy zararlandi

'Boysun savdo kompleksida yong`in: 50 dan ortiq savdo nuqtalari jiddiy zararlandi'ning rasmi

2020 yilning 5 fevral kuni soat 03:00 lar chamasida Boysun tumanining “Tuzbozor” mahallasi hududida joylashgan “Ibodullo bobo” kichik xususiy korxonasiga qarashli savdo kompleksida yong`in sodir bo`ldi.

Viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabariga ko`ra, yong`in haqida favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar soat 03:00 da tushgan va yong`in joyiga soat 03:07 da birinchi yong`in o`chirish bo`linmalari etib borgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 03:37 da o`rab olinib, 03:55 da o`chirilgan.

Jami 253 ta savdo do`konining 217 tasi, umumiy 1.867 m.kv. maydonning 1267 m.kv. qismi yong`indan saqlab qolingan. 36 ta savdo do`koni, umumiy maydonning 600 m.kv. qismi yong`indan zarar ko`rgan. Hozirda yong`in sababi aniqlanmoqda. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra esa savdo kompleksidagi 51 ta savdo rastalari va maishiy xizmat ko`rsatish nuqtalariga jiddiy zarar etgan. Tan jarohati olganlar yo`q.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar