Malayziya sog`liqni saqlash vazirligi vakilining seshanba kuni bergan bayonotiga ko`ra, ayni paytda Malayziyada bo`lib turgan xitoylik qizaloq koronavirus infeksiyasidan sog`ayib ketdi va unga Xitoyga qaytish uchun ruxsat berildi, deya yozdi Tarjumon.
«Uning sog`lig`i yaxshi va unga uyiga qaytishga ijozat berildi», dedi Sog`liqni saqlash vazirligi bosh direktori Nur Hisham Abdulloh.
Qiz va uning oilasi tez orada shifoxona tomonidan berilgan tibbiy ma`lumotnoma bilan Xitoyga qaytishadi, deya xabar beradi Xitoy elchixonasi matbuot xizmati vakili Tang Tang.
To`rt yashar qizaloq Malayziyada virusni yuqtirgan 10 nafar bemorlardan biri bo`lib, kasallanganlarning to`qqiz nafari Xitoydan kelganlardir.






