AsosiyJamiyat

Surxondaryodagi buyum bozorida yong`in sodir bo`ldi

'Surxondaryodagi buyum bozorida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

2020 yilning 5 fevral kuni soat 02:50 larda Boysun tumani, A.Termiziy ko`chasida joylashgan 1857 m2 er maydonidagi maishiy buyumlar bozorida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Oqibatda savdo majmuasidagi 51 ta savdo rastalari va maishiy xizmat ko`rsatish nuqtalariga jiddiy zarar etgan.

Tan jarohati olgan fuqarolar mavjud emas.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar