AsosiyJamiyat

Yunusoboddagi ayrim mavzelarda issiq suv va issiqlik energiyasidan uzilish kuzatildi

'Yunusoboddagi ayrim mavzelarda issiq suv va issiqlik energiyasidan uzilish kuzatildi'ning rasmi

5 fevral kuni Yunusobod tumanidagi issiqlik magistral tarmog`ida nosozlik yuzaga kelishi  natijasida vaqtinchalik issiq suv va issiqlik energiyasidan uzilish kuzatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Mazkur nosozlik sababli Yunusobod  tumani 2,3,4,11,13,14,17- mavzelari, Amir Temur hamda Shahristonko`chalarida istiqomat qiluvchi iste`molchilar uchun vaqtinchalik issiq suv va issiqlik energiyasidan uzilish yuzaga keldi. 

Ko`rsatilgan manzillarda muammoni bartaraf etish yuzasidanmaxsus texnika va mutaxassislar tomonidan ish olib borilmoqda.

“Toshissiqquvvati” DUK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`radi.

    Boshqa yangiliklar