AsosiyJamiyat

Gulistondagi yana bir oilaga totuvlik qaytdi

'Gulistondagi yana bir oilaga totuvlik qaytdi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining Guliston tuman bo`limi ish yurituvida bo`lgan fuqarolik ishlari bo`yicha Guliston tumanlararo sudining 2018 yil 13 fevraldagi aliment undirish bo`yicha ijro hujjatiga asosan, qarzdor 3.Karimberdievdan sobiq turmush o`rtog`i, undiruvchi X.Qurbonovaga voyaga etmagan uch nafar farzandlari moddiy ta`minoti uchun 1/2 qism miqdorda voyaga etguncha aliment undirilishi lozim edi.

Qarzdor 3.Karimberdiev voyaga etmagan uch nafar farzandlari moddiy ta`minoti uchun aliment pullarini birda to`lab, birda to`lamay 20 mln. so`mga yaqin qarzdorlik yuzaga kelgan.

Davlat ijrochilari aliment undiruvi borasidagi ijro harakatlari olib borilishida taraflarning o`zaro kelishuvi, hatto yarashuviga ham katta e`tibor berilgani o`z samarasini bermoqda.

Bu so`zlarimizga birgina misol, yuqorida qayd etilgan sobiq er-xotinlarning uch nafar farzand oldidagi burchlari va mas`uliyatlari, kelajakdagi orzu-umidlarining ushalishi borasidagi sa`y-harakatlar natijasida ushbu oila MIB tashabbusi bilan qayta tiklandi.

Shu o`rinda, davlat ijrochisi M.Razzoqov shunday deydi "Oila – muqaddas. Uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz. Bugun xam Karimberdievlar oilasi qayta yarashtirib, bir oila tiklanishiga erishildi. Bu kabi xayrli ishlarda bolajonlarimizning quvonchi cheksiz". Bunday xayrli ishlar davom etadi, deya ma`lum qildi MIB Axborot xizmati. 

    Boshqa yangiliklar