AsosiyJamiyat

To`rtta yo`nalishda bazaviy OTMlar belgilandi

'To`rtta yo`nalishda bazaviy OTMlar belgilandi'ning rasmi

2020 yil 4 fevral kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Inomjon Majidov raisligida OTM rektorlari, Kasb-hunar ta`limi hududiy boshqarma boshliqlari, akademik lisey direktorlari ishtirokida videoselektor o`tkazildi.

Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 31 yanvar kuni davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasida o`tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. 

Mazkur yo`nalishda respublikadagi oliy ta`lim muassasalarini ilmiy metodik ta`minlash uchun 4 ta yo`nalish bo`yicha bazaviy OTM belgilandi. 

Xususan, matematika O`zbekiston Milliy universiteti  va biologiya, Toshkent davlat texnika universiteti geologiya, Samarqand davlat universiteti kimyo yo`nalishi bo`yicha bazaviy oliy ta`lim muassasalari etib belgilandi. 

Mazkur OTMlarga amalda qo`llanilayotgan darsliklarni tahlil qilgan holda, keyingi o`quv yili uchun yangi adabiyotlarni yaratish bo`yicha topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, bazaviy ta`lim muassasalarining mas`ul kafedralari tomonidan yil davomida ilmiy metodik seminarlar tashkil etiladi. 

    Boshqa yangiliklar