“Biz ovqat mahali mobil telefondan foydalanmaymiz, 14 yoshga qadar barcha farzandlarimiz smartfonsiz ulg`ayishgan. Ular barcha do`stlarida qo`l telefoni borligini aytib, ko`p marotaba shikoyat qilishar edi”.
Bill Geyts
“Farzandlarim 14 yoshgacha qo`liga gadjetlarni olmagan”
“MICROSOFT” rahbari, jahonning eng boy kishisi bo`lgan Bill Geyts farzandlari 14 yoshga kirmagunlariga qadar ularga smartfondan foydalanishlariga ruxsat bermagan. Uning bu qoidasiga boshqa taniqli IT-kompaniya rahbarlari ham amal qilishadi va farzandlarini elektron gadjetlarning salbiy ta`siridan himoyalashga urinishadi. Bill Geyts:
“Biz ovqat mahali mobil telefondan foydalanmaymiz, 14 yoshga qadar barcha farzandlarimiz smartfonsiz ulg`ayishgan. Ular barcha do`stlarida qo`l telefoni borligini aytib, ko`p marotaba shikoyat qilishar edi”. Farzandlarining barchasi janob Geyts tomonidan o`rnatilgan qoidaga ko`ra tarbiyalanmoqda. “Hozir ham elektronika vositalaridan foydalanish mumkin hamda cheklangan vaqt bor. Bu ularga o`z vaqtida uxlash va sog`lom bo`lib voyaga etishlariga yordam beradi”, deydi Bill Geyts.
Samimiy suhbat telefon va planshetdan yaxshi-ku!
Ma`lumki, Apple asoschisi Stiv Jobsning oila a`zolari eng yuqori texnologik va zamonaviy gadjetlar bilan “o`ralgan” bo`lishi hamda qo`llaridan o`ta ingichka va superaqlli texnikani tushirmasliklari kerakdek tuyuladi. Biroq hammasi aksincha. Jobs hayotligida farzandlariga iPad qurilmalaridan foydalanishga ruxsat bermasligini tan olgan. U bolalariga jonli muloqotni o`rgatishga uringan, shu bois kechqurunlari oila birgalikda ovqatlanish va uzoq suhbatlar bilan vaqt o`tkazishga harakat qilgan. Uning oilasida kechki paytda hech kimga planshet hamda kompyuterdan foydalanishga ruxsat berilmagan.
O`z bolasini asrab qolmoqchi… Nimadan? Zararli kontent va elektron ko`ngilochar dasturdan!
3D Robotics kompaniyasi rahbari, dron ixtirochisi Kris Anderson ham yuqoridagi insonlardan o`rnak olib, bolalarining gadjetlardan foydalanishlarini qattiq nazorat ostiga olgan. Krisning farzandlari smartfon va planshetlar ishlatilishini minimallashtirish imkonini beradigan qat`iy qoidalarga rioya qiladilar.
Ishlab chiqaruvchining aytishicha, bolalar tengdoshlarining hech biri bu kabi cheklovlarga chidashga majbur emasligidan shikoyat qilishadi. Biroq Andersonning ta`kidlashicha, u shunchaki bolalarning elektronikaga moyil bo`lib qolishiga hamda ularning hayotida yuz berishi mumkin bo`lgan o`zgarishlarga yo`l qo`ymaslikka harakat qiladi. Shuningdek, g`amxo`r otaning aytishicha, tarmoqda uning farzandlarini cheklanmagan miqdordagi so`ralmagan beandishalik va anonimlar tomonidan tahqirlashlar kutmoqda. Andersonning fikricha, zararli kontent va elektron vositalardagi ko`ngilochar dasturlarga tobelik farzandlar tarbiyasi va istiqboliga jiddiy zarar etkazadi.
Dik Kostolo — “Twitter” sobiq bosh direktori ham o`z farzandini nazoratga olgan
Dik bolalari tomonidan gadjetlarni ishlatish vaqtini cheklamaslikka qaror qilgan. Buning o`rniga u geografik cheklovlarni o`rnatgan. Kostolo oilasi farzandlari bunday elektronikadan faqat mehmonxonada foydalanishi mumkin. Ya`ni, ular yotar chog`ida planshetni o`zlari bilan olib ketishlari yoki ovqatlanish paytida telefonda “osilib” qolishlari mumkin emas.
Bor-yo`g`i yarim soat vaqt berilgan
Aleks Konstantinopol — biznes uchun eng yirik IT-hamkorlardan biri sanalgan Out Cast Agency direktori hisoblanadi. Aleks ham gadjetlarni ishlatish borasida anchagina qattiqqo`l ona. Uning kichik o`g`liga haftaning ish kunlarida bunday gadjetlardan foydalanish taqiqlangan. Katta farzandlar zamonaviy elektronikadan kuniga 30 daqiqadan ortiq foydalana olmaydilar.
“…iPad o`rniga kitob o`qi!”
Evan Uilyams — “Twitter” va Blogger veb-servisini yaratish bilan shug`ullangan. “Pyra Labs” kompaniyasining asoschisi Evan va uning rafiqasi Saraning ikki nafar o`g`li bor. Biroq bolalarning birontasida ham hanuzgacha iPad yo`q. Buning o`rniga Uilyamslarning uyida yuzlab kitoblar to`plangan. Ishlab chiqaruvchining aytishicha: “Uyda minglab kitoblar bor. Istaganingizcha o`qing, mutolaaga qarshiligim yo`q. Kerakli ma`lumotni topish va bo`sh vaqtda hordiq chiqarish uchun adabiyotlar etarli!”.
Jeff Bezos, Amazon asoschisi, va uning sobiq rafiqasi, yozuvchi Makkenzi Bezos esa…
Bu juftlik bolalar va o`zlarini har tomonlama rivojlantirishga intilishadi. Ular birgalikda yangi taomlar tayyorlashadi, fermada jo`jalarning tuxumni ochib chiqish jarayonini kuzatishadi, singapurcha dastur bo`yicha matematika bilan shug`ullanishadi, ta`lim klublariga borishadi va qo`shni bolalar bilan sport o`yinlarini uyushtirishadi.
Mark Sukerberg,
“Facebook” asoschisi va Prissilla Chan
Mark Sukerberg farzandlarini o`z ota-onasining uslubiga ko`ra tarbiya qiladi. U bolani jismoniy jazolash mumkin emas, axir, bolaga har doim nima yaxshi va nima yomonligini tushuntirishning iloji bor, deb hisoblaydi. U kichkintoylarni o`zlarini munosib tutishga o`rgatadi, chunki jamiyatda amal qilinishi kerak bo`lgan muayyan cheklovlar mavjud.
Shuningdek, Mark va Prissilla bola har tomonlama rivojlanishi lozim, deb hisoblashadi. To`garak, kurslar bu – yaxshi, biroq bola o`ynashi ham muhim.






