Xarbinda koronavirus bilan xastalangan ayol sog`lom qiz farzand dunyoga keltirdi, deb xabar beradi RIA Novosti Xitoy OAVlariga tayanib.
Ma`lum bo`lishicha, sog`lig`ining tez yomonlashishi tufayli ayolga homiladorlikning 38-haftasida kesarcha kesish jarrohlik amaliyoti amalga oshirilgan. Operasiya natijasida og`irligi 3,05 kilogramm bo`lgan qiz dunyoga kelgan. Yangi tug`ilgan chaqaloqni karantinga olishdi. Bolada ikki marta koronavirus tekshirildi, ikkala holatda ham testlar inkor etuvchi natijani ko`rsatdi.
Ta`kidlanishicha, shifokorlar ayol va bolaning ahvolini «yaxshi» deb baholamoqda.
Eslatib o`tamiz, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti 2019- nCoV koronavirusining tarqalishini xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, dunyoda 20 mingdan ortiq odam ushbu virusni yuqtirgan, 420 dan ortiq kishi vafot etgan, ularning 414 nafari Xitoyning Xubey provinsiyasidan.






