Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Rossiya yangi turdagi koronavirus 2019-nCoV aniqlangan chet el fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborishi mumkinligini aytdi, deya yozdi effect.uz.
Ta`kidlanishicha, mazkur chora mamlakatning koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishga oid milliy rejasidan o`rin olgan.
“Endi u (yangi turdagi koronavirus) o`ta xavfli kasalliklar ro`yxatiga kiritilgan. Bu chet el fuqarolarida shunday kasallik aniqlanganda ularni chiqarib yuborish va maxsus cheklovlar, shu jumladan, izolyasiya yoki karantin chora-tadbirlarini joriy etish imkonini beradi”, deya Mixail Mishustin so`zlaridan keltiradi RIA Novosti.
Ma`lumot uchun: Rossiya EOII hamda MDH davlatlariga yangi koronavirusni laboratoriya sharoitida diagnostika qilish vositalarini tarqatdi, Xususan, O`zbekistonga ham yuborildi.






