AsosiyJinoyat

Jizzaxda er homilador turmush o`rtog`ini yoqib yubordi

'Jizzaxda er homilador turmush o`rtog`ini yoqib yubordi'ning rasmi

Joriy yilning 31 yanvar kuni soat 13.00 larda fuqaro S.X tomonidan, Jizzax shahar, “Mustaqillik” ko`chasida joylashgan ko`p qavatli 14-uyning liftida ayolining homiladorligini bilgani holda, uni qasddan o`ldirish maqsadida o`zi bilan birga olib kelgan benzin yonilg`isini turmush o`rtog`ining ustiga sepib, o`ta shafqatsizlik bilan yoqib yuborgan. Jizzax viloyati prokuraturasi mazkur holat yuzasidan Rasmiy bayonot berdi. 

Ma`lum bo`lishicha u turmush o`rtog`i M.U.ning boshqa erkaklar bilan ishqiy munosabatlarda bo`ganligini gumon qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro S.X.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar