UNWTO (Butunjahon sayyohlik tashkiloti)ning so`nggi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston turizm sohasi eng jadal sur`atlarda rivojlanayotgan top-20 mamlakat ro`yxatidan o`rin olgan.
Jumladan, mamlakatimiz turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar ro`yxatida to`rtinchi o`rinda qayd etilgan.
Independent nashri shu haqidagi maqolasi bilan bo`lishdi. Ushbu ro`yxatda shuningdek Ozarboyjon hamda Qozog`iston mamlakatlari ham keltirilgan bo`lib, ular o`z o`rnida 17 va 20-o`rinlarni egallagan.
Turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar dastlabki uchligidan Myanma, Puerto-Riko, Eron joy olgan.
UNWTO statistika ma`lumotlariga ko`ra, 2019 yilda dunyo bo`ylab xorijiy safarlar 1,5 milliardga etgan hamda bu ko`rsatkich 2018 yilga nisbatan to`rt foiz yuqori natijani qayd etgan. Fransiya 90 milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurgan mamlakat sifatida eng yuqori natijani ko`rsatgan.






