AsosiyJamiyat

3 nafar O`zbekiston fuqarosi koronavirus gumoni bilan Ekaterinburgda kasalxonaga yotqizilgani tasdiqlandi

'3 nafar O`zbekiston fuqarosi koronavirus gumoni bilan Ekaterinburgda kasalxonaga yotqizilgani tasdiqlandi'ning rasmi

2020 yilning 3 fevral kuni mamlakatimizning Ekaterinburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 3 nafar O`zbekiston fuqarolarining koronavirus gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgani to`g`risida OAV xabarini tasdiqladi. Novosibirsk-Tyumen aviareysida uchgan Xitoy fuqarosida koronavirus aniqlanganidan so`ng ushbu reysning barcha yo`lovchilari hamyurtlarimiz bilan kasalxonalarga joylashtirilgan.

Bosh konsulxona yurtdoshlarimiz joylashtirilgan tibbiyot muassasasi bilan aloqa o`rnatdi. Shifokorlar bergan ma`lumotga ko`ra O`zbekiston fuqarolarining ahvoli qoniqarli va koronavirus simptomlari kuzatilmayapti. Ularning analizlari Tyumen va Novosibirsk tibbiyot muassasalariga yuborilgan, u erda puxta o`rganilganidan so`ng tibbiy xulosa beriladi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk viloyati, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatimizning Ekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.

 

    Boshqa yangiliklar