AsosiyJamiyat

Ertaga ayrim viloyatlarda yomg`ir yog`adi

'Ertaga ayrim viloyatlarda yomg`ir yog`adi'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi yomg`ir yog`adi. 

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, kechasi biroz yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3°  iliq, kunduzi 9-11° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5°  iliq, kunduzi 7-12°  iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5°  iliq, kunduzi 10-15°  iliq bo`ladi.

TOShKENT VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.

SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar