AsosiyJamiyat

Rossiyada koronavirusni yuqtirgan xitoylik bilan gaplashgan 3 o`zbekistonlik kasalxonaga yotqizildi

'Rossiyada koronavirusni yuqtirgan xitoylik bilan gaplashgan 3 o`zbekistonlik kasalxonaga yotqizildi'ning rasmi

 

Xitoydan Tyumenga kelgan hamda koronavirus aniqlangan xitoylik talaba qiz bilan bir samolyotda uchgan uch nafar O`zbekiston fuqarosi Xanti-Mantiysk avtonom okrugidagi Nijnevartovsk kasalxonasiga yotqizildi. Bu haqda «TASS»ga tayanib “Daryo” xabar berdi.

Rossiyada ta`lim oluvchi xitoylik talaba 28 yanvar kuni yordam so`rab murojaat qilgan va koronavirus yuqtirgani oqibatida kasalxonaga yotqizilgan. Rossiya bo`ylab, Tyumen viloyati va Baykalorti o`lkasida 2 kishi koronavirus yuqtirgani sabab kasalxonaga yotqizilgan.

«Ularda koronavirus borligi xavfi yo`q. Ular koronavirus yuqtirgan bemor bilan gaplashgan. O`zbekistonliklar boshqalardan izolyasiya qilingan. Tahlil natijalari kutilmoqda. Ularning ahvoli yaxshi», — dedi «Rospotrebnadzor» hududiy bo`limi boshlig`i o`rinbosari Inna Kudryavseva.

    Boshqa yangiliklar