AsosiyJamiyat

1 000 000 AQSh dollari banknotasini sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'1 000 000 AQSh dollari banknotasini  sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.L. boshqa fuqaroning ishonchiga kirib uni aldab, xorijiy banklardan kredit olib berish va o`zining 1 mln. AQSh dollari ko`rinishidagi kupyurasini sotish evaziga, undan firibgarlik yo`li bilan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida  ushlangan.

Bank ma`lumotiga ko`ra, 1 000 000 AQSh dollarlik banknota suvenir sifatida chiqarilganligi, qonuniy to`lov vositasi hamda valyuta qimmatligi hisoblanmasligi ma`lum bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan S.L.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar