AsosiyJamiyat

Samarqandda fuqaro noqonuniy asrab kelayotgan ov qurolini o`z ixtiyori bilan IIBga topshirdi

'Samarqandda fuqaro noqonuniy asrab kelayotgan ov qurolini o`z ixtiyori bilan  IIBga topshirdi'ning rasmi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Bulung`ur tumani Ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan mahallalarda  profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu targ`ibotlar natijasida Bulung`ur tumani Yangiariq mahallasi, To`qson qishlog`ida yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan X. O`., tuman Ichki ishlar bo`limiga ariza bilan murojaat qildi. Uning arizasida, 2020 yilning 31 yanvar kuni soat 17:00 larda yashash uyining eski og`ilxonasini buzayotgan vaqtida matoga o`ralgan 16 kalibrli ov qurolining 4 dona bo`sh patron gilzalarini topib olganligini ma`lum qilib, mazkur patron gilzalarini o`z hoxishiga ko`ra topshirishini ma`lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda

    Boshqa yangiliklar