AsosiyJamiyat

Toshkentda 20 yoshli yigit otasini do`pposlab, erto`laga qamab qo`ydi

'Toshkentda 20 yoshli yigit otasini do`pposlab, erto`laga qamab qo`ydi'ning rasmi

Toshkentda 20 yoshli yigit 50 yoshli otasini mast holatda do`pposladi va uyining erto`la qismiga majburan qamab qo`ydi. Bu haqda effect.uz yozdi

Ma`lumotlarga ko`ra, erkakning uzoq muddat ko`rinmay qolganidan havotirga tushgan qo`shnilar voqea yuzasidan huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga murojaat qilishgan.  Tekshiruvlar chog`ida erkakning erto`lada saqlanayotgani ma`lum bo`lgan. Uning holatini ko`zdan kechirgan shifokorlar erkakning o`z o`g`li tomonidan kaltaklanganini aytishgan.  Erkakning o`zi esa o`g`li bilan birga spirtli ichimlik iste`mol qilgan vaqti janjal chiqqani va oqibatda do`pposlanganini aytib o`tgan. Ayni vaqtda erkak kasalxonaga joylashtirilgan, uning o`g`li esa qo`lga olingan.  Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, yigit sud qarori bilan 15 sutkalik qamoq jazosiga mahkum qilingan.

    Boshqa yangiliklar