Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan, o`tgan 2019 yil davomida fuqarolar va davlat tashkilotlariga etkazilgan 20 miliyard 860 million 455 ming so`mlik moddiy zararlar undirilib, qonuniy egalariga qaytarildi. Bu haqida Tergov boshqarmasining o`tgan 2019 yil sarhisobiga bag`ishlangan yakuniy yig`ilishida ma`lum qilindi.
Tadbirda viloyat IIBB va Tergov boshqarmasi rahbariyati hamda 200 nafarga yaqin shaxsiy tarkib ishtirok etib, yil davomida amalga oshirilgan ishlar, yo`l qo`yilgan kamchilik va erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi.
Jumladan, o`tgan 2019 davomida jami 5 ming 305 ta jinoyat ishlari tergov qilingan bo`lib, ularning 75,3 foizi to`liq tamomlangan. Jinoyatlarni o`z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to`la va xolisona tergov qilinishi yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilanganligi sababli, o`tgan yilga nisbatan 469 taga kamayganligi yoki 533ta jinoyat ishlari JPKning 364-moddasiga asosan to`xtatilgan. Bu esa 2018 yilga nisbatan 46,8 foizga yaxshilanganini ko`rsatadi.
Qidiruv asosi bilan to`xtatilgan jinoyat ishlari 468t tadan 383 taga kamayishiga erishilgan. Xodimlar tomonidan 7 ta qidiruvdagi shaxslar ushlangan.
Shu bilan birga, kelib tushgan jami 1 ming 5 yuzdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko`rib chiqilgan bo`lib, ularning 37.2 foiziga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo`lsa, 62,8 foizi ijobiy hal etilgan. Jumladan, boshqarma va uning quyi tizimlari tomonidan yil davomida tergov qilingan jinoyat ishlari bo`yicha fuqarolarga, davlat va jamoat tashkilotlariga etkazilgan 20 milliard 860 million 455 ming so`mlik moddiy zararlar undirilib, qonuniy egalariga qaytarilganligi ma`lum qilindi.
Shuningdek, yig`ilishda viloyatning 4 mingga yaqin mahalla fuqarolar yig`inlari, jamoatchilik tashkilotlari va o`quv muassasalarida taqdimnomalar muhokama qilinib, ularda tergovchilarning o`zi va bevosita ayblanuvchilar qatnashganligi aytib o`tildi.
2019 yilda viloyatining Angren, Yangiyo`l, Olmaliq, Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limlarida so`roq jarayonini stenografiya qilish, videokuzatuv, shuningdek, tergov harakatlarini audio va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan zamonaviy maxsus tergov xonalari hamda boshqarma va uning hududiy bo`linmalari o`rtasida video konferens aloqa tizimidan foydalangan xolda majlislar o`tkazishga mo`ljallangan barcha qulayliklarga ega konferens zali qurib bitkazilganligi hamda 2020 yilga esa mazkur turdagi maxsus xonalar Bo`ka, Chirchiq, Yangiyo`l tumanlarida ham qurilishi rejalashtirilganligini alohida ta`kidlandi.
Yig`ilish yakunida IIBB boshlig`i o`rinbosari podpolkovnik Yo.Isabaev tomonidan 2019 yil davomida ijobiy yutuqlarga erishib, hamkasblariga o`rnak bo`lib kelayotgan xodimlar alohida e`tirof etilib, ularga bosh boshqarmaning qimmatbaho sovg`alari topshirildi. Boshlangan 2020 yilda amalga oshirilishi lozim bo`lgan chora-tadbirlar yuzasidan qo`shimcha tushuntirishlar berildi.






