AsosiyJamiyat

“Endi har bir ishsiz yoshga tashkilot rahbarlari va deputatlar biriktiriladi” Zoyir Mirzaev Qashqadaryoda ishsizlikka barham bermoqchi

'“Endi har bir ishsiz yoshga tashkilot rahbarlari va deputatlar biriktiriladi” Zoyir Mirzaev Qashqadaryoda ishsizlikka barham bermoqchi'ning rasmi

O`tgan 2019 yil yakunida Prezidenti Shavkat Mirziyoev poytaxtdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashgandi va unda yoshlar siyosati bo`yicha qator tashabbuslar ilgari surildi.  Yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilinib, bugungi kunda ularni qiynayotgan eng muhim masalalar yuzasidan mutasaddilar oldiga qator vazifalar qo`yilgan edi.

Prezident tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati hokimligida yoshlar muammolarini o`rganish, bartaraf etish va ularning jamiyatda o`z o`rinlarini topishiga ko`maklashish masalalariga bag`ishlangan muhokama yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari Axror Sodiqov xabar bermoqda. 

Yig`ilishda viloyat hokimi so`z olib, endilikda viloyat, tuman va shahar sektor rahbarlari ish haftasining bir kunini “Yoshlar masalalarini echish kuni” etib belgilash taklifini berdi.

- Yoshlar bilan ishlash tizimini an`anaga aylantirishimiz kerak, - deya ta`kidladi viloyat hokimi. – Bu tizimni an`anaga aylantira olsak, “Hokim va yoshlar” va “Sektor va yoshlar” uchrashuvlari ham doimiy yo`lga qo`yilishiga, yoshlarimizni bandligi va ijtimoiy muammolarini bartaraf etilishiga erishamiz.

Shuningdek, yig`ilishda iqtidorli yoshlar ro`yxatini shakllantirish, xatlov natijalariga ko`ra, aniqlangan ishsiz yoshlarni ish bilan ta`minlash maqsadida dastur ishlab chiqish, har bir ishsiz yoshga tashkilot rahbarlari va deputatlarni biriktirish tizimini yaratish bo`yicha ham viloyat hokimi tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar