AsosiyJamiyat

Nihoyat, moddiy yordam va nafaqa to`lovida “limit”lar mashmashasiga nuqta qo`yiladi

'Nihoyat, moddiy yordam va nafaqa to`lovida “limit”lar mashmashasiga nuqta qo`yiladi'ning rasmi

Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi mas`ullaridan ko`pchilikni qiziqtirgan qator savollarga javob olishga va`da bergandik. Jamg`armaning mas`ullari bergan javoblar asqotsa ajabmas. Savollarimizga Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktori Bahrom AShRAFXANOVdan javob oldik...

Arxiv ma`lumotlari muammosiga qachon barham beriladi?

— Tahririyatimizga pensiya tayinlanishi va to`lanishi mav- zusiga oid bo`ladigan murojaat- larning ko`p qismi arxiv ma`lumotlari topilmasligi, ularni qayta tiklanmasligi xususida. Bu masalalar qay darajada hal etilyapti?

— Mazkur muammolarning kelib chiqish sababi shundaki, arxivga ayrim tashkilotlar xodimlari haqidagi hujjatlarni topshirmagan. Eng katta muammo – 1991 yildan 2004 yilgacha bo`lgan vaqtdagi hujjatlar etishmovchiligida bo`lyapti. Shu bois fuqarolarga tayinlanadigan pensiya miqdori kam chiqyapti. Endilikda qancha maosh olganini Soliq qo`mitasi orqali qayta hisoblatib, aniq ma`lumot olishni yo`lga qo`yish harakatidamiz. Prezidentimiz 21 noyabr kuni bo`lib o`tgan aholini ijtimoiy mu­ hofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilishda arxiv bilan ham elektron axborot almashinuvini ta`minlash bo`yicha topshiriq berdilar. 2020 yil 1 aprelga qadar elektron axborot almashinuvi yo`lga qo`yilishi ustida ish olib borilyapti. Endilikda fuqarolarning ovoragarchiligiga chek qo`yiladiva fuqarolar pensiya yoshiga to`lgan kundan boshlab, pensiya ola boshlaydi.

— Xalq demokratik partiyasi o`z saylovoldi dasturida ayol- larga pensiya tayinlashda zarur bo`lgan ish staji uchun bolani3 yoshga to`lguncha parvarishiga doir ta`til vaqtining ham to`liq qo`shib hisoblanishini ilgari surgandi. Amalda esa necha na- far farzandi bo`lishidan qat`i nazar, faqat uch yilgina muddati tug`ruq ta`tili ish stajiga ki- ritiladi. Bu – qolgan farzand- lari parvarishidagi muddat ish stajiga kiritilmay, kuyib ketdi, degani. Mazkur holat ko`pchilik ayollarning noroziligiga sabab bo`lyapti. Ushbu masala ham o`z echimini topadimi?

— Bu borada bizga ham juda ko`plab murojaatlar bo`ladi. Haqsiz, 3 yil kam, boisi oilalarimiz ko`p farzandli. Masalaga echim topishning yana bir yo`li bor: er farzand parvarishidagi ayoli uchun soliq to`lasa, uy bekasi bo`lgan ayolga ish staji qo`shib berilishi mumkin. Yana bir holatga e`tibor qaratmoqchi edim: masalan, pensiya yoshiga etgan fuqaro pensiya olish uchun ariza berdi, biroq ayrim sabablarga ko`ra Pensiya jamg`armasiga o`z vaqtida bora olmadi. Bunday holatda “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonunning 59­moddasiga ko`ra, O`zbe­ kistonda pensionerlar tomonidan o`z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya pullari o`tgan davr uchun pensiyani olish uchun murojaat qilgan vaqtdan boshlab, 12 oydan ko`p bo`lmagan davr uchun to`lanadi, xolos. Nega qolgan muddatdagi pensiya berilmasligi kerak? Ishlagan fuqaro munosib pensiya olishi lozim! 2020 yilda yuqoridagi masalalarni ham ko`rib chiqamiz albatta. Kamchiliklarni bartaraf qilib, ijtimoiy adolatni ta`minlamoqchimiz.   

— Davlat ishida ishlamagan fuqaroga pensiya tayinlashda is- te`mol savatchasi hisobga olinadimi va to`lanadigan mablag` kam bo`lmaydimi? 

— O`rinli savol. Prezidentimiz tomonidan Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga bu borada topshiriq berildi. Hozirda mazkur vazirlik Moliya vazirligi, Statistika qo`mitasi va qator idoralar bilan hamkorlikda “hayot kechirishning eng kam miqdori qanday bo`lishi kerak?” degan savolga sohalar, hududlar kesimida javob topishmoqda. 2020 yilda iste`mol savatchasi bo`yicha aniq bir takliflar kiritiladi va pensiya miqdori ham shunga muvofiq tayinlanadi.    

— Kam ta`minlanganlarga mahalladan beriladigan moddiy yordam va nafaqa to`lashda ham cheklovlar bor ekan. Shu jarayonda haqiqatda ijtimoiy ta`minotga muhtojlar qolib, iqtisodiy jihatdan o`ziga to`q oilalar ro`yxatga kirib qolayotgan holatlar ham yo`q emas. Guruch orqasidan kurmaklar ham suv ichayotgan holatga chek qo`yish uchun qanday choralar ko`rilyapti?   

— Haqsiz, shu vaqtgacha “limit”ga qarab nafaqa tayinlangan. Masalan, bir kishiga 400 ming so`m nafaqa beriladi, deylik. Ajratilgan 2 mln. so`m esa faqatgina 5 nafar kishining talabini qondiradi, degani. Qolganlar o`z­o`zidan ijtimoiy ta`minotsiz qoladi. Qolaversa, bir xonadonda yashaydigan 2 yoki 3 ta xo`jaliklardan faqat bittasi- gagina to`lov amalga oshiriladi. Bu ham ijtimoiy adolatsizlik. Mazkur tizimni ham isloh qilib, 2 yoshgacha bolasi bor ayollar, 14 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga va moddiy yordamga muhtojlarga mahalladagi komissiya tomonidan nafaqa tayinlash vakolatini olib qo`ymoqchimiz. Bu tizim ham elektronlashtiriladi va mablag` miqdoriga qarab emas, haqiqatda ijtimoiy ta`minotga muhtoj kishilar soniga qarab, kerakli to`lovlar amalga oshiriladi. 

 

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar