AsosiyJinoyat

Internetning Uou tube tarmog`ida "Prezidentga murojaat qilgan tadbirkorni qiynashyapti" nomli videomurojaat yuzasidan rasmiy bayonot

'Internetning Uou tube tarmog`ida "Prezidentga murojaat qilgan tadbirkorni qiynashyapti" nomli videomurojaat yuzasidan rasmiy bayonot'ning rasmi

Internetning Uou tube tarmog`ida Prezidentga murojaat qilgan tadbirkorni qiynashyapti nomli videomurojaat joylashtirildi. Mazkur holat yuzasidan Farg`ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi:

"Farg`ona viloyati Dang`ara tumanidan yo`llangan Yo`ldoshev O`tkirjon Tursunovichning murojaati yuzasidan shuni ma`lum qilamizki, holat yuzasidan 27.09.2019 yil kuni Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi  4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi 29.09.2019 yil kuni Farg`ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga qabul qilingan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida O`.Yuldashev va 3 nafar fuqarolarning o`rtasidagi o`zaro oldi-berdi munosabatlarida O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli 24.12.2019 yil kuni jinoyat ishi O`zbekiston Respublikasi JPKning  83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilgan.

O`.Yo`ldoshevga mazkur holat yuzasidan Fuqarolik ishlari bo`yicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan."

    Boshqa yangiliklar