AsosiyJamiyat

Ishsizlik nafaqasi kimlarga to`lanishini bilasizmi?

'Ishsizlik nafaqasi kimlarga to`lanishini bilasizmi?'ning rasmi

Kimlar ishsizlik nafaqasi oladi? Mehnat vazirligi rasmiy kanalida bu haqida ma`lumot berildi.

Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e`tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro`yxatdan o`tgan kundan e`tiboran tayinlanadi.

Qaramog`ida uchtagacha kishi bo`lgan, o`ttiz besh yoshga to`lmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq to`lanadigan jamoat ishlarida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi.  

Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro`yxatdan o`tgan paytdan boshlab kechi bilan o`n birinchi kundan e`tiboran kuchga kiradi.

Ishsizlik nafaqasi ko`pi bilan:

ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo`lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga o`n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta;

ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa o`n uch kalendar hafta mobaynida to`lanadi.

Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga yo`llanma olish uchun murojaat qilishi shart.

️Ishsizlik nafaqasining miqdori qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

    Boshqa yangiliklar