Psixotrop dori vositalarini yurtimizga yashirin yo`llar bilan olib kirishga bo`lgan urinishlar bojxona organlari tomonidan fosh etildi.
Jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut ota” chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro A.B. o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasidan jami 100 dona “Baklasan” nomli psixotrop dori vositalari hamda har bir tabletka tarkibida 20 mg.dan “Fenobarbital” nomli psixotrop moddasi bo`lgan 120 dona “Andipal” nomli dori vositasini noqonuniy ravishda mamlakatimizga olib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda bojxona organlari tomonidan mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






