2020 yil 1 fevral kuni Qashqadaryo viloyatining G`uzor tumanida “O`zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi - M.R. Abdullaev rahbarligida “Sho`rtan gaz kimyo kompleksining tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg`i ishlab chiqarish” investisiya loyihasining qurilish maydonida sayyor yig`ilish bo`lib o`tdi. Bu haqda «Uzbekistan GTL» kompaniyasining matbuot markazi xabar berdi.
Yig`ilishda “O`zbekneftgaz” AJ, “Uzbekistan GTL” MChJning mas`ul rahbarlari, hamda bosh pudratchi – “Hyundai Engineering Ltd.” va “Enter Engineering Pte. Ltd.” konsorsiumi, loyihaning boshqaruvi bo`yicha maslahatchisi - TechnipFMS kompaniyasining direksiya rahbarlari, shuningdek mas`ul mutaxassislar ishtirok etdilar.
Sayyor yig`ilishda “O`zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi - M.R. Abdullaev asosiy texnologik qurilmalarning, shu jumladan GTL zavodining Markaziy boshqaruv pulti qurilishi bilan batafsil tanishdi.
Yig`ilish so`ngida, mutaxassis, asbob-uskuna va resurslarni maksimal darajada jalb etgan holda qurilish-montaj ishlarining jadal ijrosini ta`minlash, shuningdek, zavod qurilishini o`z vaqtida tugallashini va joriy yilda ishga tushurilishini ta`minlashga qaratilgan boshqa bir qator ko`rsatmalar berildi.






