AsosiyIqtisodiyot

2019 yilda O`zbekiston qariyb 5 milliard dollarlik oltin eksport qilgan

'2019 yilda O`zbekiston qariyb 5 milliard dollarlik oltin eksport qilgan'ning rasmi

2019 yilning yanvar-dekabr oylarida O`zbekiston 4,9 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlarida aytilgan.

Shu bilan birga, eksport tarkibida oltinning ulushi 27,5 foizni tashkil etdi. 2018 yilda eksport tarkibida oltinning ulushi 20,8 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2017 yilda – 26foiz.

So`nggi yillarda O`zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan va 2018 yilda 2,91 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etdi.

 

    Boshqa yangiliklar