Topilma rangli toshlardan yasalgan bo`lib, xettlarning qadimgi shahri joylashgan hudud deya taxmin qilinayotgan joyda olib borilgan qazishmalar paytida aniqlangan. Bu haqda “bigasia.ru” ma`lum qildi.
Mozaika uchta alohida maydonga ajratilgan bo`lib, ularning har birida bir nechta uchburchaklar mavjud. Olimlarning fikriga ko`ra, ushbu artefakt miloddan avvalgi 21-asrdan 16-asrgacha bo`lgan muddat oralig`ida yaratilgan bo`lishi mumkin.
Arxeologlar 3 mingga yaqin turli qirrali toshlarni aniqlashdi. Bundan keyingi yillarda ishlangan mozaikalar silliq toshlardan qilingan bo`lib, olimlar fikricha bu mozaikaning yuza qismi ataylab yo`l sirpanchiq bo`lmasligi uchun silliqlanmasdan bajarilgan.
Ma`lumot o`rnida, ilgarigi eng qadimgi mozaika janubiy Osiyoda topilgan va miloddan avvalgi 9-asrga tegishli artefakt deb hisoblangan.






