AsosiyDunyo

Qozog`iston Uxandagi fuqarolarini evakuasiya qildi

'Qozog`iston Uxandagi fuqarolarini evakuasiya qildi'ning rasmi

Qozog`iston hukumati Xitoyning Uxan shahrida qolgan fuqarolarini evakuasiya qildi. Bu haqda Qozog`iston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot xizmati xabar qildi.

Ta`kidlanishicha, Qozog`iston fuqarolari bugun, 2 fevral kuni vatanga olib kelingan. Parvoz vaqtida ular barcha himoya vositalari bilan ta`minlangan, maxsus shifokorlar hamrohlik qilishgan.

“Qozog`iston Respublikasi fuqarolarining salomatligi xavfsizligini ta`minlash maqsadida Favqulodda tibbiyot milliy muvofiqlashtirish markazi 83 nafar qozog`istonliklarni vatanga olib keldi. Ulardan 80 nafari Xitoyning Uxan shahrida bo`lgan talabalardir”, deyiladi xabarda.

Olib kelinganlarning salomatligi tibbiy tekshiruvdan o`tkazilgan va ular poytaxt kasalxonasining maxsus ajratilgan korpusida 14 kunlik karantinga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, Qozog`iston Respublikasi Prezidenti nomidan Xitoyga tibbiy buyumlardan iborat 13,6 tonna gumanitar yordam etkazib berilgan.

Shuningdek, Qozog`iston Qirg`iziston, Belarus va Armaniston hukumat murojaatiga binoan mamlakat fuqarolarini Uxan shahridan evakuasiya qilgan.

Boshqa yangiliklar