AsosiyJamiyat

Bekobodda «Isuzu» avtobusi ag`darilib ketdi

'Bekobodda «Isuzu» avtobusi ag`darilib ketdi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida ichida 20 kishi bo`lgan «Isuzu» rusumli avtobus ag`darilib ketdi va ikki kishi jarohatlandi. Avtobus Bekoboddan Sirdaryo viloyatining Shirin shaharchasi tomon harakatlanayotgan bo`lgan. 

Avtobus haydovchisi harakatlanish vaqtida hushyor holatda bo`lgani aniqlandi», deyiladi IIV axborot xizmati xabarida.

Voqea 2 fevral kuni soat 12:00larda ro`y bergan. Mazkur avtobus Bekobod shahar markaziy bozoridan Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi GES tomonga harakatlanayotgan bo`lgan.

Shaharning Me`mor ko`chasida joylashgan aylanma harakatlanish joyida sodir bo`lgan avtohalokatga avtotransport vositasining  texnik nosozligi, aniqrog`i, avtobus old balonining tormozlanib qolishi sabab bo`lgan. Natijada «Bekobod shahar ATS» MChJga tegishli, davlat raqami 10 349 RAA bo`lgan avtobus o`ng tomonga yonboshlab qolgan.

Yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan paytda avtobus ichida 20 nafar yo`lovchi bo`lgan. Ulardan 2 nafari tez tibbiy yordam ko`rsatish uchun shahar shoshilinch yordam markaziga yuborilgan.

Boshqa yangiliklar