Xitoydagi O`zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish uchun charter reys tashkil qilish ustida ish olib borilyapti. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
“Hamyurtlarimizdan 2020 yil 1 fevraldan O`zbekiston va Xitoy o`rtasida aviaqatnovlar to`xtatilganiga doir ko`plab murojaatlar kelib tushayotgani munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi Xitoy tomoni bilan charter reys tashkil qilish masalasida chora ko`rayotganini ma`lum qiladi”, deyilgan vazirlik xabarida.
Charter reyslar maqsadi xizmat safari va ta`lim olish maqsadida Xitoy hududida (jumladan Uhan shahrida) bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolarini evakuasiya qilishdan iborat.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi ma`lumotiga binoan 1-fevral holatiga ko`ra Uhan shahrida 81 nafar yurtdoshimiz bor. Ular bilan telefon orqali aloqa o`rnatilgan, “WeChat” va "telegram" ijtimoiy tarmoqlari (“Wuhan 2020 Uzbekistan”, “Embassy of Uzbekistan” va “Uzbekistan students №1» guruhlari) orqali muloqot amalga oshirilmoqda.
“Pekin shahridan Toshkent shahriga charter reyslar 4 va 5 fevral kunlari aeroportning 2-terminaldan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. O`zbekiston fuqarolaridan 3 fevral kuni Pekin shahriga kelishlarini so`raymiz. Boshqa reyslar sanasi bo`yicha qo`shimcha xabar beriladi”, deyiladi vazirlikning xabarida.
Elchixona Xitoy hududida bo`lib turgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan o`zbekistonliklarga har tomonlama yordam ko`rsatish hamda koronavirusning yangi shakli (2019-nCoV) bilan bog`liq vaziyatni monitoring qilish bo`yicha tezkor Shtab faoliyat ko`rsatayotganini ma`lum qildi.
Bog`lanish uchun telefonlar:
O`zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi konsullik bo`limi: Aziz Xilvatov +86 138 1120 4471
Bobur Yahyoev +86 135 1102 4242
O`zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi xodimlari: Nuriddin Ubaydullaev +86 139 10 85 7245
Nodir Nurmatov +86 158 1047 7270
Shuhrat Umirov + 86 139 1175 4476
Rustam Nazarov +86 138 0122 1452
Akmalxon Olimxonov +86 185 0017 0040
Mansur Ibrohimov +86 135 5220 7848
Sardor Sirojov +86 186 1812 9040
Avaz Kamalov +86 178 1070 2707
Tashqi ishlar vazirligi +998 71-233-69-46,
Call-Center1164






