WhatsApp ma`muriyati 1 fevraldan boshlab Android 2.3.7, iOS 8 va undan oldingi qurilmalarda messenjerni qo`llab-quvvatlashni to`xtatdi. Bu haqda ixbt.com xabar berdi.
Gingerbread deb nomlanuvchi Android 2.3.7 operasion tizimi 2010 yilda chiqarilgan. U Samsung Galaxy S2 va HTS Desire HD kabi smartfonlar uchun ishlatilgan. Shuningdek, WhatsApp iPhone 4 smartfonlarida ishlashni ham to`xtatadi.
Ma`lumot o`rnida, WhatsApp messenjeri 2009 yilning yanvarida keng ommaga havola etilgan. Hozirda bu messnjerdan 1 milliardan ortiq odam kuniga 70 milliardga yaqin xabar jo`natadi.






