AsosiyJamiyat

Uhandagi talabalarni evakuasiya qilish uchun charter reyslar rejalashtirildi

'Uhandagi talabalarni evakuasiya qilish uchun charter reyslar rejalashtirildi'ning rasmi

Hamyurtlarimizdan 2020-yil 1-fevraldan O`zbekiston va Xitoy o`rtasida aviaqatnovlar to`xtatilganiga doir ko`plab murojaatlar kelib tushayotgani munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi Xitoy tomoni bilan charter reyslar tashkillashtirish masalasi ustida ish ketayotganini ma`lum qiladi.

Charter reyslar maqsadi xizmat safari va ta`lim olish maqsadida Xitoy hududida (jumladan Uhan shahrida) bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolarini evakuasiya qilishdan iborat.

O`zbekistonning Pekin shahridagi Elchixonasi ma`lumotiga binoan 1-fevral holatiga ko`ra, Uhan shahrida 81 nafar yurtdoshimiz bor. Ular bilan telefon orqali aloqa o`rnatilgan hamda “WeChat” ijtimoiy tarmog`i («Wuhan 2020 Uzbekistan», «Embassy of Uzbekistan» i «Uzbekistan students №1» guruhlari) orqali muloqot amalga oshirilmoqda.

Pekin shahridan Toshkent shahriga charter reyslar 4 va 5-fevral kunlari aeroportning 2-terminaldan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. TIV O`zbekiston fuqarolaridan 3-fevral kuni Pekin shahriga kelishlari so`ralmoqda. Boshqa reyslar sanasi bo`yicha qo`shimcha xabar berilishi aytilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar