Suv-botqoqlik erlar kuni 1971 yil 2 fevralda YuNESKO qarori bilan Eronning Ramsar shahridagi xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan suv-botqoqlik erlarda yashovchi qushlarni himoyaga olish maqsadida Konvensiyaning imzolanishi asosida joriy etilgan.
Suv-botqoqlik erlar turkumiga ko`llar, botqoqliklar, korall riflari, torfli erlar, havzalar, barcha suv-botqoqlik xududlar kiradi.
Mazkur erlarning asosiy xususiyati shundaki, asosiy komponentlardan: tuproq, suv, hayvonlar va o`simliklarning kompleks bog`liqligi, turli vazifalarni bajarishi va ulardan insoniyat asrlar davomida foydalanib kelayotganligidir.
Suv-botqoqlik erlarning ko`plab bajaradigan vazifalaridan ba`zi birlari: suv toshqinlarini ushlab qolishi, tuproq suvlarini to`ldirishi, po`rtanadan himoyalash va sohil bo`ylarini bir maromda ushlab turish, klimat o`zgarishini engillashtirish, cho`kma va ozuqa moddalarini to`plash, suvni tozalash, biologik turlarni saqlashdir.






