AsosiyDunyo

Xitoy: Koronavirusdan 259 kishi vafot etdi va 11,800 kishi kasallandi

'Xitoy: Koronavirusdan 259 kishi vafot etdi va 11,800 kishi kasallandi'ning rasmi

Xitoyning shanba kuni xabar berishicha, hozirgacha koronavirusdan 259 kishi vafot etdi va 11,800 ga yaqin kishi kasallandi. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.

Hukumat kasallik tarqagan hududda yashovchi 50 milliondan ortiq odamni karantinga joylashtirgan.

Xitoyda dekabr oyi oxirida vujudga kelgan ushbu yangi virus kamida 23 ta davlatga tarqaldi. Ayni paytda olimlar ushbu virusning tarqalishi va uning qanchalik jiddiyligini aniqlashga intilishmoqda.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, Xitoyda virus odamlar orasida tarqalayotgani haqida dalillar mavjud.

30 yanvar kuni Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti koronavirus sababli global favqulodda holat e`lon qildi. Buning asosiy sababi virusning Xitoy tashqarisida ham odamdan odamga yuqish holati kuzatilganidir. Chunki, unchalik rivojlanmagan mamlakatlar virusga qarshi kurashish salohiyatiga ega emas. JSST infeksiyani boshqa mamlakatlar uchun xavf tug`diradigan va xalqaro choralarni talab qiladigan «favqulodda hodisa» deb baholadi.

    Boshqa yangiliklar