Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Xitoydan O`zbekistonga qaytmoqchi bo`lgan talabalar Pekin-Stambul-Toshkent yo`nalishi bo`yicha samolyotga bilet olishgani va ushbu reys qoldirilganligi sabab talabalarga pullari ham qaytarib berilmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Tashqi ishlar vazirligi ko`plab mamlakatlar tomonidan Xitoy bilan aviaqatnovlar bekor qilinishi sababli Pekin shahri aeroportida 3 nafar talaba qolib ketganligi haqidagi OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.
Hozirda talabalar bilan aloqa o`rnatilgan va diplomatlar muammolarni hal qilish bo`yicha tegishli choralarni ko`rmoqda.
Elchixona Xitoy hududida bo`lib turgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan hamyurtlarimizga har tomonlama yordam ko`rsatish hamda koronavirusning yangi shakli (2019-nCoV) bilan bog`liq vaziyatni monitoring qilish bo`yicha tezkor Shtab faoliyat ko`rsatayotganini ma`lum qiladi.
Ushbu shtab bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog`lanishingiz mumkin:
O`zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi konsullik bo`limi:
Aziz Xilvatov: +86 138 1120 4471
Bobur Yaxyoev: +86 135 1102 4242
O`zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi xodimlari:
Nuriddin Ubaydullaev: +86 139 10 85 7245
Nodir Nurmatov: +86 158 1047 7270
Shuhrat Umirov: + 86 139 1175 4476
Rustam Nazarov: +86 138 0122 1452
Akmalxon Olimxonov: +86 185 0017 0040
Mansur Ibragimov: +86 135 5220 7848
Sardor Sirojov: +86 186 1812 9040
Avaz Kamalov: +86 178 1070 2707






