AsosiySport

Bokschi Murodjon Axmadalievga «O`zbekiston iftixori» faxriy unvoniberildi

'Bokschi Murodjon Axmadalievga «O`zbekiston iftixori» faxriy unvoniberildi'ning rasmi

Amerika Qo`shma Shtatlarining Mayami shahrida professional boks bo`yicha bo`lib o`tgan musobaqada yurtimiz boks sporti tarixida ilk marotaba WBA va IBF yo`nalishlarida g`alaba qozonib, rekord natijani qo`lga kiritgani uchun O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi Murodjon Axmadalievga «O`zbekiston iftixori» faxriy unvoni berildi.

1 fevralda imzolangan Prezident Farmoni mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, jahon miqyosida o`zbek sporti shon-shuhratini yanada oshirishga qo`shgan munosib hissasi, xususan, Amerika Qo`shma Shtatlarining Mayami shahrida professional boks bo`yicha bo`lib o`tgan musobaqada yuksak azmu shijoat va mahoratini namoyon etib, yurtimiz boks sporti tarixida ilk marotaba WBA va IBF yo`nalishlarida g`alaba qozonib, rekord natijani qo`lga kiritgani hamda yoshlarimizga ibrat namunasini ko`rsatib, ular ongida milliy g`urur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg`ularini kuchaytirish borasidagi katta xizmatlari uchun berildi.

    Boshqa yangiliklar