Kuni kecha Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Chinoz tumani, Yangi Chinoz shaharchasi hududida joylashgan Chirchiq daryosida mator qayiqda ov qilish maqsadida, qirg`oqdan 400 metr uzoqlikda, ikki soat mobaynida mator qayiqda trosga o`ralib qolib ketgan fuqarolar yordam so`rab murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, Chinoz tumani, Yangi Chinoz shaharchasi hududida joylashgan Chirchiq daryosida daryosida harakatlanib ketayotganda mator qayiq daryo qumini chiqarib olish texnologiyasi (Zemsnaryad)ni ushlab turuvchi temir trosga o`ralib qolib taxminan 2 soat davomida qayiq ichida qolib ketishgan.
Voqea yuzasidan Chinoz tumani favqulodda vaziyatlar bo`limi yong`in-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib borgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida 3 nafar fuqaro sog`-salomat qutqarib olingan.






