AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vaziri koronavirus masalasida JSSTning O`zbekistodagi vakolatxonasi bilan videoselektor o`tkazdi

'Sog`liqni saqlash vaziri koronavirus masalasida JSSTning O`zbekistodagi vakolatxonasi bilan videoselektor o`tkazdi'ning rasmi

Ayni paytda dunyoda koronavirus infeksiyasini xududlarga tarqalishi, undan kasallanish va vafot etayotganlar ko`rsatkichi jihatidan jiddiy bosqichga  ko`tarilmoqda, deya xabar beradi Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan Xitoyda yangi koronavirus tarqalishi bilan bog`liq vaziyatni aholi sog`lig`ini saqlash sohasidagi xalqaro darajadagi favqulodda vaziyat deb e`lon qilindi. Bundan bir muddat oldin O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining yig`ilishi o`tkazilgan bo`lsa, shu yilning 29yanvarida davlatimiz rahbarining “ O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora- tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasining tashkil etish to`g`risida” gi Farmoyishi qabul qilindi. 

Bugun respublika Sog`liqni saqlash vazirligi ayni masalada  JSSTning mamlakatimizdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda videoselektor yig`ilishini  o`tkazdi. Uni Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov olib bordi.

Unda qayd etilganidek, Sog`liqni saqlash vazirligi Xitoydagi epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bilan uzluksiz ishlayotganligi, hamkorlikda barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, havo, avtomobil va temir yo`l transporti ob`ektlarida sanitariya-epidemiologiya va migrasiya nazorati kuchaytirilmoqda. Bu borada qo`llanma va tavsiyalar ishlab chiqilib, barcha tegishli vazirlik va idoralarga ijro uchun yuborildi. Tunu kun faoliyat ko`rsatuvchi maxsus shtab faoliyati yo`lga qo`yildi. Kasallikka gumon qilingan fuqarolarni ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o`tkazilmoqda.

Mamlakatimizda Davlat chegaralarining kesishish joylarida 52 ta sanitariya-karantin punktlari faoliyat ko`rsatmoqda. Davlat chegara postlaridan o`tayotgan  fuqarolar tibbiy nazorat ko`rigidan o`tkazilmoqda, shuningdek, teplovizor yordamida yo`lovchilarning tana harorati masofadan turib o`lchanmoqda va umumiy holati tekshirilmoqda.

Ammo ushbu chora-tadbirlar xavfsizlikni to`liq kafolatlaydi degani emas, deya qayd etildi  videoselektorda. Negaki, koronavirus infeksiyasi havo tomchilari orqali o`tishi, insondan insonga yuqishi, shuningdek, kasallikni klinik belgilari  14 kungacha  yashirin kechishi xotirjam bo`lishga sabab bo`lmasligiga e`tibor qaratildi. Qolaversa, bugungacha  20 ga yaqin tibbiyoti rivojlangan mamlakatda bu kasallik kuzatilayotganligi vaziyatning naqadar jiddiyligini ko`rsatib turibdi. 

Shu bois ham, bo`lib o`tgan videoselektorda ayni paytga qadar yurtimizda bunday kasallikka chalinish holati umuman kuzatilmaganligiga qaramasdan ehtiyot choralarini yanada kuchaytirish borasida mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Jumladan, xorijdan, ayniqsa, Xitoydan kelayotgan fuqarolarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish, ularning ruyxatini shakllantirish, kasallikning yashirin davri davomida tibbiy nazoratga olish, zahira o`rinlarini tayyorlash, dori-darmon, dizenfeksiya vositalari va zarur tibbiy anjomlar bilan ta`minlash ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, kasallikka qarshi kurashishda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikdagi faoliyatni kuchaytirish kabi qator vazifalar  ko`rsatib o`tildi.  

 

 

    Boshqa yangiliklar