"Farzandi ko`z oldida xo`rlangan ayol" sarlavhali videotasvirga Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati munosabat bildirdi.
2019 yil 25 iyun kunidan 26 iyun kuniga o`tar kechasi soat 02.00 larda Yakkabog` tumani “Chinobod” mahalla fuqarolar yig`ini Shamanqirg`iz qishlog`ida yashovchi, millati o`zbek, O`zbekiston fuqarosi, ma`lumoti o`rta, oilali, 3 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz, 17.03.1980 yilda tug`ilgan Ochilov Sobir Sheravatovich spirtli ichimlik iste`mol qilib, mast holatda, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan hech bir sababsiz qo`shnisi Yakkabog` tumani “Chinobod” mahalla fuqarolar yig`ini Shamanqirg`iz qishlog`ida yashovchi, millati o`zbek, O`zbekiston fuqarosi, ma`lumoti o`rta, oilali, 2 nafar farzandlari bor, muqaddam sudlanmagan, uy bekasi 01.06.1981 yilda tug`ilgan Ochilova Sharofat Abdujalilovnaning yashash uyiga kirgan. Uy hovlisidagi o`rnatilgan so`ridafarzandlari bilan uxlab yotgan Ochilova Sharofat Abdujalilovnaning oldiga borib, uni og`izga olib bo`lmaydigan so`zlar bilan haqorat qilib, tanasining turli joylariga bir necha marotaba qasddan urib, unga sog`liqning qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelmagan engil shikast etkazib, hodisa sodir bo`lgan joydan qochib yashiringan.
Tayinlangan sudga oid tibbiyot ekspertizasining 02.07.2019 yildagi xulosasida Sh.Ochilovaning tanasida “yuzining o`ng tomon pastki jag` burchak sohasida, yuzining chap yonoq sohasida shilinma, chap quloq suprasi old yuzasida, bo`yinning old yuzasi pastki qismida qontalashlar” ko`rinishidagi jarohatlari mavjud bo`lib, og`irlik darajasiga ko`ra sog`liqni qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelmagan engil tan shikasti guruhiga kiritilishi ko`rsatilgan.
Mazkur holat Yakkabog` tumani IIB da 29.06.2019 yilda qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlab Yakkabog` tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori katta leytenant Sh.Mardonov tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, to`plangan hujjatlar bo`yicha 08.07.2019 yilda jinoyat ishini qo`zg`atishni rad qilib, fuqaro S.Ochilovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 52-moddasi 2-qismi va 183-moddasi tartibida ma`muriy chora ko`rish uchun to`plangan hujjatlar Yakkabog` tumani Ma`muriy sudiga yuborilgan.
Yakkabog` tuman ma`muriy sudining 16.07.2019 yildagi ajrimiga asosan to`plangan hujjatlar fuqaro S.Ochilovni harakatlarida O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi ko`rsatilib, qo`shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish uchun tuman IIBga qaytarilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkabog` tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tergovchisi kapitan D.S.Poyonov tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, 03.11.2019 yilda fuqaro Ochilov Sobir Sheravatovichga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Jinoyat ishi bo`yicha fuqaro Ochilova Sharofat Abdujalilovna jabrlanuvchi deb e`tirof etilgan.
Jinoyat ishi bo`yicha 11.12.2019 yilda fuqaro S.Ochilov ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga O`zR JKning 277-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan ayblov e`lon qilingan va jinoyat ishi 12.12.2019 yilda ayblov xulosasi bilan JPKning 381-moddasi tartibida sud muhokamasiga yuborilgan.






