Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash dastyrlari doirasida bog`dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo`jaligini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda intensiv bog`, tokzorlar barpo etish va issiqxonalar qurish uchun qishloq xo`jaligida foydalanilmayotgan ochiq er maydonlari, zaxirada turgan hosildorligi past bo`lgan paxta va g`alladan qisqargan maydonlar, shuningdek, yaroqsiz deb topilgan bog` va tokzorlar joylashgan er maydonlari l0 yilgacha muddatga vaqtincha foydalanish sharti bilan ajratilishi ajratilishi belgilangan. E`tiborli jihati, ular lizing yoki kredit shartlari asosida beriladi.
Xususan, intensiv bog` yoki tokzorlar — ular hosilga kirgynga qadar (tyriga ko`ra) imtiyozli davr bilan, issiqxonalar — bir yillik imtiyozli davr bilan lizing oluvchiga etti yilgacha muddatga lizingga beriladi.
Tijorat banklari intensiv bog` va tokzorlar tashkil etish loyihalarini moliyalashtirish uchun — ular hosilga kirgunga qadar (tyriga ko`ra) imtiyozli davr bilan, issiqxona qurish loyihalarini moliyalashtirish uchun — bir yillik imtiyozli davr bilan etti yilgacha muddatga kredit ajratishi mumkin.
01.02.2020 05:13
Bog` va tokzorlar aholiga lizing yoki kredit asosida beriladi






