AsosiyJamiyat

Shahrisabzlik ota ikki farzandi uchun 2 yilga avvaldan 2 ming AQSh dollari aliment to`lab qo`ydi

'Shahrisabzlik ota ikki farzandi uchun 2 yilga avvaldan 2 ming AQSh dollari aliment to`lab qo`ydi'ning rasmi

Voyaga etmagan, moddiy yordamga muhtoj farzandlarni ta`minlab turish “ota”ning burchi hisoblanadi. Afsuski, ba`zilar bu burchni unutsa, ba`zilar uni ortig`i bilan bajarib qo`yishadi. MIB ana shunday muddatidan avval "vazifasini bajarib qo`ygan" namunali ota haqida ma`lum qildi.

Fuqarolik ishlari bo`yicha Shahrisabz tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor Yu.J.dan undiruvchi D.R. foydasiga 2 nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish belgilangan. Byuroning shahrisabz tuman bo`limi tomonidan shu kunga qadar aliment pullari oyma-oy undirib kelinayotgan edi.

Joriy yilning 31-yanvar kunida qarzdor undiruvchi bilan kelishgan holda qolgan 2 yil uchun aliment pullarini to`liq to`lab berdi.  Kelishuvga asosan bu so`mma 19 million hisobida 2 ming AQSh dollarini tashkil etdi.  

Shundan so`ng Byuroning Shahrisabz tuman bo`limi tomonidan ijro hujjati amalda tamomlandi.

    Boshqa yangiliklar