AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Milliy universitetning 2-kurs talabasini vazir o`rinbosari etib tayinladi

'Shavkat Mirziyoev Milliy universitetning 2-kurs talabasini vazir o`rinbosari etib tayinladi'ning rasmi

Prezident bilan uchrashuvda ta`lim sohasiga oid innovasion taklif kiritgan Milliy universitetning magistratura talabasi vazir o`rinbosari lavozimini egallaydigan bo`ldi. Bu haqda "kun.uz" yozdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich magistratura talabasi Yusuf Absoatovni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari etib tayinlash haqida ko`rsatma berdi.

Absoatov bugun, 31 yanvar kuni prezident bilan uchrashuvda ta`lim sohasiga oid taklifini ilgari surgan. U davlat rahbariga OTMlar va maktablarni o`zaro elektron tarzda ulab, onlayn darslar tashkil etish g`oyasi haqida so`zlab bergan. Shuningdek, qishloqlarda internet sifatini yaxshilashning muhimligini ta`kidlagan.

Endilikda 30 yoshli magistratura talabasi Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirining axborot texnologiyalari bo`yicha o`rinbosari sifatida ish boshlashi kutilmoqda. Vazirlikda bunday lavozim yangi ta`sis etiladi.

Ma`lumot uchun, Yusuf Absoatov kimyo texnologiyalari sohasida o`qimoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasiga tashrif buyurib, olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi.

    Boshqa yangiliklar