AsosiyJamiyat

Koreyaga ishga yuborishni va`da qilib, 35 000 AQSh dollari talab qilgan xususiy bandlik agentligi fosh etildi

'Koreyaga ishga yuborishni va`da qilib, 35 000 AQSh dollari talab qilgan xususiy bandlik agentligi fosh etildi'ning rasmi

Koreya davlatiga ishga yuborish uchun 35 000 AQSh dollari talab qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, “O. xususiy bandlik agentligi” MChJ xodimlari M.I., T.A. va fuqaro I.X. fuqaro L.K. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni aldab, 4 nafar o`g`illari va 1 nafar jiyanini noqonuniy ravishda, tegishli hujjatlar rasmiylashtirmasdan Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va`da qilgani aniqlandi. 

Buning evaziga har biri uchun 7 000 AQSh dollaridan jami 35 000 AQSh dollari talab qilishib, shundan, 17 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida, “A.visa” MChJ rahbari Sh.A. yuqoridagi 5 nafar fuqarolarni noqonuniy ravishda Koreya Respublikasiga ishga yuborish evaziga bo`nak sifatida 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar