AsosiyIqtisodiyot

Ish haqi, nafaqa va stipendiyalar 13 foizdan yuqori miqdorda belgilanishi mumkin

'Ish haqi, nafaqa va stipendiyalar 13 foizdan yuqori miqdorda belgilanishi mumkin'ning rasmi

24 yanvardagi Prezident murojaatnomasida 2020 yil davomida byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori inflyasiya darajasidan yuqori miqdorda oshirilishi keltirildi. “2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to`g`risida” O`zbekiston Respublikasining Qonunining 2-ilovasiga muvofiq 2020 yil uchun inflyasiyaning bazaviy prognozi iste`mol narxlari indeksiga bog`liq ravishda 12-13,5 foiz etib belgilangan bo`lsada, 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to`g`risida”gi qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi prezident qaroriga muvofiq, 2020 yilning 1 fevralidan byudjet tashkilotlari va muassasalari xodimlari ish haqlari, pensiya, stipendiya, nafaqa hamda kam ta`minlanan oilalarga moddiy yordamlar miqdori 7 foizga oshiriladi.

Shunda savol tug`ilishi tabiiy: inflyasiya prognozi 12-13,5 foizni tashkil etsa, unda nega ish haqi, nafaqa va stipendiyalar miqdori 1 fevraldan 7 foizga oshiriladi? Bunda Prezident murojaatnomasiga nomuvofiqlik kuzatilmayaptimi?

Buni shunday tahlil qilish mumkinki, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning oshirilishi bo`yicha qaror 2019 yil yakunida qabul qilingan. Prezident murojaatnomasi esa, 2020 yil 24 yanvar kuni e`lon qilinganini hisobga olsak, navbatdagi ish haqi, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishida prognoz qilinayotgan inflyasiyaning 13,5 foizdan yuqori miqdori olinishi ehtimoli yuqori. 

    Boshqa yangiliklar