Navoiy transport prokuraturasi tomonidan yangi virusning kirib kelishini oldini olish yuzasidan mazkur sohada mutasaddi idoralar faoliyati nazorat ostiga olindi.
Hozirda viloyat IIB, Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi, chegara qo`shinlari, bojxona boshqarmasi, temir yo`l va havo yo`llari transporti ob`ekti va tibbiyot hamda DSEOM xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududiga kirib kelayotgan fuqarolar maxsus tibbiy tekshiruvdan o`tkazilib, migrasiya nazorati kuchaytirilmoqda.
Shuningdek, soha xodimlari tomonidan boshqa hududdan kelayotgan fuqarolarga virusning simptomlari hamda zarurat bo`lmaganda, virus tarqalgan xorijiy davlatlarga ham vaqtinchalik bormasliklari haqida keng ko`lamli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shu qatorda hushyorlikni oshirish maqsadida DSEOM xodimlari tomonidan poezd va samolyotlarda yo`lovchilar bilan muntazam aloqada bo`ladigan xodimlarga ham o`quv-seminari tashkil etilib, xavfsizlik choralari ko`rilmoqda, deyiladi Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.






