O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “G`ildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda 2022 yil birinchi yanvardan boshlab zaharlilik darajasi “Evro-4” ekologik toifa talablariga mos kelmaydigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan “M” va “N” toifalaridagi g`ildirakli transport vositalaridan foydalanish va ularni sotish maqsadida “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirish man etiladi.
Xo`sh, “M” va “N” toifadagi g`ildirakli transport vositalariga qaysilari kiradi?
“M” toifadagi g`ildirakli transport vositalari — kamida to`rtta g`ildiragi mavjud bo`lgan yo`lovchi tashishda ishlatiladigan mexanik g`ildirakli yangi transport vositalari, shuningdek, haydovchining joyidan tashqari sakkiztadan oshmagan o`rindiqlar bilan ta`minlangan, yo`lovchi tashishda ishlatiladigan avtobuslar, mikroavtobuslar, maxsus yo`lovchi g`ildirakli transport vositalari.
“N” toifadagi g`ildirakli transport vositalari — yuklarni tashishda foydalaniladigan, maksimal massasi 3,5 tonnadan oshmaydigan g`ildirakli transport vositalari, yuklarni tashishga mo`ljallangan, maksimal massasi 3,5 tonnadan oshadigan, lekin ko`pi bilan 12 tonnadan oshmaydigan, yuklarni tashishga mo`ljallangan, maksimal massasi 12 tonnadan oshadigan g`ildirakli transport vositalari.






